«bank kartalari» tegli maqolalar


To‘lov tizimida yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining o‘tkazmalarini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda
1 dekabr 2023, 17:44

To‘lov tizimida yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining o‘tkazmalarini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish uchun yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘larini o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda. Foydalanuvchilarga uning profiliga kirilganlik haqida SMS-xabar yuboriladi.

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira bank kartasidan to‘lansa ham, 1700 so‘m bo‘ladi
31 oktabr 2023, 18:20

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira bank kartasidan to‘lansa ham, 1700 so‘m bo‘ladi

1-noyabrdan Toshkent jamoat transportida bank kartalari orqali to‘lov qilinsa, yo‘l haqi narxi ATTO kartasi bilan to‘langani kabi bo‘ladi — 1700 so‘m. Biroq bir soat ichida boshqa transportga o‘tishdagi chegirma faqat ATTO uchun amal qiladi.

Qozog‘iston Milliy banki chet elliklarga bank kartalarini berish talablarini kuchaytirishni taklif qildi
27 oktabr 2023, 19:17

Qozog‘iston Milliy banki chet elliklarga bank kartalarini berish talablarini kuchaytirishni taklif qildi

Qozog‘iston Milliy banki mamlakat norezidentlariga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomasiz bank kartalari berishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Regulyator bunday choralarni giyohvand moddalar yoki qimor o‘yinlari bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalar xavfini kamaytirish zarurati bilan izohladi.

Kolumnist: O‘zgarishsiz o‘zgarishlar
24 aprel 2023, 15:22

Kolumnist: O‘zgarishsiz o‘zgarishlar

Tahlilchi Karen Srapionovning fikricha, banklarning minimal kapitalini oshirish bozorni konsolidatsiya qilish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va bu bank tizimi manfaatlariga unchalik ham mos kelavermaydi. U o‘z kolonkasida qonun loyihasini hali ham qayta ko‘rib chiqish mumkinligiga umid bildirdi.

2022-yilda toshkentliklar kiberjinoyatlardan 45,2 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
21 fevral 2023, 19:03

2022-yilda toshkentliklar kiberjinoyatlardan 45,2 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

Toshkentda fuqarolarning bank kartalaridagi pullarini aldov yo‘llari bilan o‘zlashtirish holatlari keskin oshdi. 2022-yilda bunday kiberjinoyatlar oqibatida toshkentliklar kamida 45,2 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Bu pullarning bor-yo‘g‘i 9,2 mlrd so‘mga yaqini undirib berilgan. IIBB keng tarqalgan usullarni sanadi.

Banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochishni qiyinlashtira boshladi
15 sentabr 2022, 15:21

Banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochishni qiyinlashtira boshladi

O‘zbekistondagi ayrim banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochish bo‘yicha yangi talablarni joriy qildi. Endi hisobraqam ochish uchun ulardan 15 kun ichida doimiy ravishda mamlakat hududida bo‘lishi, talaba maqomini tasdiqlovchi yoki rasmiy ishga joylashganlik to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etishi talab etiladi.

Bank kartalaridan pul yechib olinish sabablari o‘rganilmoqda
7 dekabr 2021, 13:28

Bank kartalaridan pul yechib olinish sabablari o‘rganilmoqda

Dekabr boshida ayrim bank kartalari egalari mablag‘lari ular ruxsatisiz yechib olinayotganidan shikoyat qildilar. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi qaysi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib mijozlarni xabardor qilmasdan va ular bilan kelishmasdan pullar yechib olinayotganini aniqlashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting